Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2,3 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
09:29 / 2023-02-22

“L.N.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.K. hududiy tijorat banki filialidan hududda ikkita ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 2,3 milliard so‘m kredit olgan.

Kredit mablag‘iga esa qurilish materiallari olingan. Lekin u qurilishni boshlash o‘rniga materiallarni sotib yuborgan. Mablag‘ni talon-toroj qilib, shaxsiy manfaatlari uchun o‘zlashtirib yuborgan.  

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA