Bundan 130 yil muqaddam fransiyalik baron Per de Kuberten boshchiligidagi tashabbuskorlar Olimpiya o‘yinlarini zamonaviy sport o‘yinlariga aylantirish harakatini boshlagan va bu sa’yi-harakat natijasida 1894 yilning 23 iyun kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tashkil topdi. Shundan beri ushbu sana dunyo bo‘ylab «Olimpiya kuni» sifatida keng nishonlanadi.
Har yili Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan 205 ta davlatda o‘tkaziladigan sport va salomatlik bayramida millionlab kishilar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish tadbirlarida ishtirok etadi. Ular Olimpiya g‘oyalarini ommalashtirish, aholi orasida jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan mehrni yanada oshirishga o‘z hissalarini qo‘shadi.

Bugun poytaxtimiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahrida shuningdek, mamlakatimizning bir qator markaziy shaharlarida "3 iyun – Xalqaro velosiped kuni» va «23 iyun – Xalqaro olimpiya kuni» munosabati bilan velomarafon tadbirlari uyushtirilmoqda.
Birgina Nukus shahridagi velomarafonda 200 nafardan ziyod yoshlar sog‘lom turmush tarzi bilan oshno tutinish asnosida sog‘lom turmush tarzi, olimpiya g‘oyalarini keng targ‘ib qildi. Shuningdek, Qarshi shahrida o‘tgan tadbirlarda 100 dan ziyod yoshlar ushbu sanalarni munosib nishonladi. Musobaqalarda ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Poytaxtimiz Toshkentda ushbu sanaga bag‘ishlagan "Pepsi Zero Marathon" tadbirlari esa joriy yilning 7 iyul kuni tashkil etilishi belgilangan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA