Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
23-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 6535 nafarni tashkil etmoqda
17:15 / 2020-06-23

23-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6535 (+35) nafarni tashkil etmoqda.


23-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6535 (+35) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4520 (+70) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1996 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.