Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
23 iyun – Indoneziya Respublikasi bilan diplomatiya munosabati o‘rnatilgan kun
19:05 / 2024-06-23

Janubi-sharqiy Osiyo davlati – Indoneziya dunyodagi eng yirik – Malay arxipelagining 17,5 ming orolini birlashtirgan, Yangi Gvineya oroli g‘arbida joylashgan, poytaxti - Jakarta.

Indoneziya unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945 yil 18 avgustda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig‘i - Prezident 5 yil muddatga saylanadi. Hokimiyatining oliy organi -Xalq  maslahati kongressi konstitutsiyani tasdiqlaydi, qomusga o‘zgarish kiritadi, prezident va vitse-prezidentni saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – bir palatali parlament xalq vakillari kengashidan iborat bo‘lib, joriy qonun chiqarish bilan shugullanadi. 500 deputatdan 462 nafari umumiy ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi, qolgan 38 nafari (harbiylar fraksiyasi) Prezident tomonidan tayinlanadi. Ijrochi hokimiyat – Prezident va u tayinlagan hukumat hisoblanadi.

Indoneziya 1950 yildan BMT a’zosi. Milliy bayrami – 17 avgust, Mustaqillik e’lon qilingan kun.

Indoneziyada 6-12 yoshli bolalar uchun boshlangich 6 yillik majburiy ta’lim joriy qilingan. O‘rta maktabda ham  6 yil o‘qiladi. Davlat maktablari va xususiy ta’lim muassasalari bor. 1-2- bosqich texnikatijorat maktablari va shunga o‘xshash o‘quv yurtlarda hunar ta’limi beriladi.

Jakartada Indoneziya davlat universiteti, Milliy universitet, Islom xususiy universiteti va bir necha institut, 40 dan ortiq ilmiy muassasa faoliyat yuritadi. Mamlakatda bir necha yirik kutubxona bor: Jakartada Ommaviy hamda Parlament kutubxonalari, Bandung, Bogora, Makassar, Medan kutubxonalari kitobsevarlarning sevimli maskaniga aylangan.

1778 yil asos solingan Madaniyat muzeyi, 1894 yil ochilgan Bogora Zoologiya muzeyi qadimiyligi bilan ajralib turadi.

Indoneziya ommaviy axborot vositalari asosan mahalliy, ya’ni malay va yava tillarida XX asr boshlarida, mustamlakachilik davrida paydo bo‘lgan. Bosma OAV esa mamlakat  mustaqillikka erishgandan keyingina keng rivojlana boshladi. Matbuot erkinligini boshladi. 

Matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi tub o‘zgarishlar o‘tgan asr 90-yillari oxiri –2000 yillar boshidagi demokratik islohotlar davrida yuz berdi. Bu payt chop etilgan davriy  nashrlar soni sezilarli darajada oshdi, gazeta va jurnallar siyosiy va ijtimoiy harakatlarga aloqadorligi namoyon bo‘ldi.

2000 yillar oxiriga kelib Indoneziyada umumiy adadi taxminan 4,8 million nusxani tashkil etuvchi milliy va mahalliy 170dan ortiq kundalik gazeta, shuningdek jami tiraji 7,8 million bo‘lga 425 dan ziyod davriy nashrlar mavjud edi.

1934 yil Gollandiya mustamlaka ma’muriyati tashabbusi bilan Indoneziyada birinchi radio dastur tayyorlandi.

Milliy radio tizimi shakllanishi davlat mustaqilligi e’lon qilingandan so‘ng darhol jonlandi. 2010 yilgakelib, 700 dan ko‘p radiostansiya faoliyat ko‘rsatgan. 6 ta respublika miqyosidagi va 50 ga 

yaqin hududiy stansiya davlatga tegishli edi. Har 1000 aholiga 140 radio tinglovchi to‘g‘ri kelgan.
Indoneziya Milliy televideniyesi 1962 yildan, birinchi davlat telekanali – TVRI ish boshlaganidan  beri mavjud.

Rangli televizion dasturlar 1979 yildan yo‘lga qo‘yilgan. 2008 yilda respublikada 2 ta davlat,

10 ta xususiy kanal bo‘lgan.

Hozir 100 dan ortiq hududiy telekanal bor. 1000 kishiga 60 ta televizor to‘g‘ri keladi.

XXasr oxiridan boshlab sun’iy yo‘ldosh va simli televideniye rivojlanmoqda, ammo aholining kam qismi bundan foydalanish imkoniiga ega.

Indoneziyaning Antara  axborot agentligi 1937 yil tashkil topgan. 1962 yildan milliy  agentlik maqomiga ega.

Sun’iy yo‘ldosh orqali va internetdan foydalanib, har kuni uch mingdan ko‘p yangilik tarqatadi. 

Turli mavzularda, mahalliy tilda 4 ta, ingliz tilida 2 ta axborot byulleteni nashr etadi. Barcha viloyatlarda filiallari, Berlin, Gaaga, Kuala-Lumpur, Tokio, Nyu-York, Kanberra, Pekin, Qohira, Sanaa shaharlarida vakolatxonalari bor.

Tinch okeani mintaqasi axborot agentliklari tashkiloti (OANA) a’zosi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya 1992 yil 23 iyunda diplomatiya munosabatini o‘rnatgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA