Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 23 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi,yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
24-27 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo oqimi kirib kelishi kuchayadi.
Maksimal havo harorati:
24-25 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 41-42 darajagacha;
24-27 iyul kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 42-44 darajagacha;
25-27 iyul kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysida 41-42 darajagacha ko‘tariladi.
24-26 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin.
O‘zA