Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi
15:47 / 2022-07-04

Yaqinda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Jizzax viloyatida yangi qurilayotgan raqamli “Zafarobod” podstansiyasini bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Bu haqida Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Prezidentimizning 2021 yil 30 dekabrdagi qaroriga asosan Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “2x144 km uzunlikdagi “Sirdaryo” IESdan “Zafarobod” podstansiyasigacha 220 kVli elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur investitsiya loyihasini tayyor holda topshirish sharti asosida bosh pudratchini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan halqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan kompaniya “Sinohydro Corporation Limited” (Xitoy XR) hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Shartnomaga muvofiq, mazkur elektr uzatish tarmog‘i 2023 yilda qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida O‘zbekistonda birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya qurilmoqda. Ushbu podstansiya 2023 yilda foydalanishga topshiriladi.

O‘zA.