Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
22 ming dollarga sotilgan soxta tishlar kimga tegishli edi? (+video)
20:39 / 2024-02-07

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillga tegishli tilla o‘rnatilgan soxta tishlar kimoshdi savdosida 18 000 funt sterlin ya’ni 22 600 dollarga sotildi. Auksion uyi direktori Liz Pulning aytishicha, bu u sotgan eng g‘alati lotlardan biri bo‘lgan.

Kimoshdi savdosi 6 fevral kuni Angliya g‘arbidagi Cheltenxem shahrida bo‘lib o‘tdi. Dastlab lot 10 ming AQSH dollariga baholangan. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/E-xYziqktJ4" title="22 ming dollarga sotilgan soxta tishlar kimga tegishli edi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Ma’lumotlarga qaraganda, Uinston Cherchill umri davomida tish kasalliklaridan aziyat chekkan va 20 yoshida ularning bir nechtasidan ayrilgan. Cherchill uchun to‘rtta soxta tishlar yasalgan, sobiq bosh vazir o‘zi bilan ikkitasini olib yurgan, bittasini esa o‘zi bilan birga dafn qilishgan.

Ushbu lotni sotib olgan xaridor haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan. 

Auksionga soxta tishlardan tashqari Cherchill Ikkinchi jahon urushi tugaganini e’lon qilgan radiomikrofon ham qo‘yilgan. Lotning narxi 14500 dollarga baholangan.

Nozimbek Mardonov, D.Yokubov (video), O‘zA