French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
22 mart Mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilanmoqda
12:17 / 2020-02-28

Oliy Majlis Senati a’zolari ikkinchi yalpi majlisda muhokama qilgan “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida bu haqda so‘z boradi.


Oliy Majlis Senati a’zolari ikkinchi yalpi majlisda muhokama qilgan “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida bu haqda so‘z boradi.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevralda qabul qilingan “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilganligi ta’kidlandi. 

Qonun bilan 22 mart “Mahalla tizimi xodimlari kuni” etib belgilanmoqda. So‘zga chiqqanlar qayd etganidek, jamiyatda aholi osoyishtaligini va qonun ustuvorligini ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahalla institutining roli katta. Yurtimizning boy tarixi bilan chambarchas bog‘liq bu o‘ziga xos institutining mavqeini yanada oshirishda mahalla tizimi xodimlari faoliyati jamiyatda muhim ahamiyatga ega. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.