Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
22 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
15:34 / 2025-12-21

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

 Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

 Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

 21-22 dekabr kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

 O‘zA