French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
213 ming 31 nafar fuqaro sport sinovlarini topshirish istagini bildirdi
14:17 / 2023-12-05

Joriy yilning sentyabr-noyabr oylari davomida 213 ming 31 nafar fuqaro "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish istagini bildirib, my.sport.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan.

Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi. Xabarda keltirilishicha, ro‘yxatdan o‘tganlarning 199 ming 611 nafari ixtiyoriy talablar bo‘yicha, 13 ming 420 nafari maxsus talablar bo‘yicha "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish bo‘yicha ariza qoldirgan.  

Yosh toifalari bo‘yicha arizalar tahlil qilinganda 15-17 yosh toifasida 172 ming 369 nafar, 18-29 yosh toifasida 11 ming 271 nafar, 30-49 yosh toifasida 23 ming 282 nafar, 50-70 yosh toifasida 6 ming 109 nafar kishidan ariza kelib tushgan.  

"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish bo‘yicha eng ko‘p arizalar Namangan (54 549), Farg‘ona (42 202), Xorazm (30 974), Samarqand (24 209) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA