English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
21 ta tumanda sanoat rivojlanish darajasi o‘ta past – Prezident
19:52 / 2021-04-30

bugungi videoselektor yig‘ilishida 21 ta tumanda mahalliy sanoat rivojlanish darajasi o‘ta qoloq ekani ko‘rsatib o‘tildi.

– Keyingi 2 yilda chetdan kirgan sanoat mahsulotlari batafsil tahlil qilindi va hududlarga yetkazildi. Shuning o‘zi ham, har bir hududning mavjud imkoniyatlarini yaqqol ko‘rsatib berdi. Ayniqsa, 21 ta tumanda sanoat rivojlanish darajasi o‘ta past. Bular – To‘rtko‘l, Qorao‘zak, Baliqchi, Jalaquduq, Vobkent, Yangiobod, Zarbdor, Muborak, Kasbi, Xatirchi, Norin, Mingbuloq, Narpay, Qo‘shrabot, Oltinsoy, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on, Farg‘ona, Bog‘ot va Hazorasp tumanlari, – deb alohida to‘xtaldi Prezident.

Masalan, so‘nggi 2 yilda 6 mingga yaqin ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, ularga ishlatilgan materiallarning 20-30 foizi chetdan keltirilgan.

Joriy yilda qurilishi rejalashtirilgan 100 mingga yaqin xonadonning har biriga kamida 20-30 million so‘mlik elektrotexnika, mebel, oshxona buyumlari, santexnika, mayda xo‘jalik mollari kerak bo‘ladi.

Shu bois, har bir tuman va shahar hokimlari qanday mahsulotlarni (idish-tovoq, mebel, tikuv materiali va shu kabi aholining kundalik ehtiyoji bo‘lgan tovarlar) o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini berishi ta’kidlandi.

Viloyat hokimlari qurilish materiallari kabi boshqa sanoat mahsulot turlari bo‘yicha ham ixtisoslashgan tumanlarni belgilab olishlari lozimligi qayd etildi.

Videoselektorda Uchko‘prik tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moslashgan 5 ta qishloqda yirik trikotaj klasteri tashkil etilayotgani ma’lum qilindi. Xuddi shunday, Qo‘qon shahrini – oyoq kiyimlari, Urgut tumanini – uy-ro‘zg‘or jihozlari va poyabzal, Samarqand tumanini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga moslashgan sanoat hududlariga aylantirish bo‘yicha keng imkoniyatlar bor.