Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
21 nafar fuqaroga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanma berildi
16:21 / 2021-03-31

Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okruglarda bo‘lib, aholi bilan muloqotlar qilyapti, ularni o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topyapti.

102-Yaypan saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Mavludaxon Xo‘jayevaning o‘rganishlari ham qizg‘in o‘tmoqda.

Deputat tashabbusi bilan O‘zbekiston tumanida “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan band bo‘lmagan yoshlar va ayollarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar markazida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda 3-sektor hududidagi 19 ta mahalladan tashrif buyurgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar ishtirok etdi. Tadbir doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bilan birgalikda asalarichilik, issiqxona, uy-ro‘zg‘or buyumlari va tikuvchilik kabi sohalarga oid mahsulotlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.

Yarmarka ishtirokchilariga aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan korxona va tashkilotlar, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining bo‘sh ish o‘rinlari, ta’minotchi korxonalarning mahsulotlari sektorga biriktirilgan moliya muassasasi – AT Xalq bankining imtiyozli kreditlari taklif etildi.

Deputat M.Xo‘jayeva 100 dan ortiq xotin-qizning turli masalalardagi, xususan, sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi murojaatlarining qonuniy yechimini topishga ko‘maklashdi. Shuningdek, yarmarka davomida tuman adliya va sog‘liqni saqlash bo‘limlari mas’ullariga murojaat qilgan ishtirokchilarga bevosita shu yerning o‘zida 50 dan ortiq huquqiy, tibbiy va davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid maslahatlar berildi.

Yarmarka natijalariga ko‘ra, 21 nafar fuqaroga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi, 23 nafar yosh va ayollar kasbga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi.

“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlab, daromad olishi uchun Xalq banki tuman filiali tomonidan ularning 37 nafari bilan tegishli tartibda shartnomalar tuzilib, 350 million so‘mlik tikuv mashinalari, mikroto‘lqinli pech va asalarichilik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar ajratildi.

Xalq vakilining uchrashuvlari davom etmoqda.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA