Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
21 mingdan ortiq yerlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun savdoga qo‘yilgan
13:09 / 2022-06-10

O‘zbekiston Respublikasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 8 iyundagi farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi tartibi belgilandi.

Ayni paytda “E-auksion” elektron savdo platformasida mulk va ijara huquqi asosida sotuvga chiqarilgan 21 mingdan ortiq yer uchastkalari savdoda turibdi.

Jumladan,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1207 ta

Andijon viloyati 1412 ta

Buxoro viloyati 1061 ta

Jizzax viloyati 3467 ta

Qashqadaryo viloyati 1429 ta

Navoiy viloyati 436 ta

Namangan viloyati 901 ta

Samarqand viloyati 2409 ta

Surxondaryo viloyati 1189 ta

Sirdaryo viloyati 1165 ta

Toshkent shahri 77 ta

Toshkent viloyati 535 ta

Xorazm viloyati 2149 ta

Farg‘ona viloyati 3815 ta

Ishbilarmon fuqarolar    “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali  shaffof savdolarda ishtirok etishi mumkin.



Fayoza OTABEKOVA