Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
21 milliard so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi
11:04 / 2021-08-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "O‘zagrosug‘urta" AJ kompaniyasi axborot xizmati rahbari Shuhrat Qobilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, bozorda birinchilardan bo‘lib “UZINSURANCE” kompaniyasi tomonidan vaksina qabul qilgan shaxsning mehnat qobiliyatini yo‘qotishi yoki vafot etish holatlaridan sug‘urta qilish joriy etilgan. Sug‘urta polisining qiymati atigi 5 va 10 ming so‘m bo‘lib, bunda sug‘urta javobgarligi 25 va 50 million so‘mni tashkil etadi. Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vaksina olish jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlar talab etiladi.

Bugunga kunga qadar kompaniya tomonidan mijozlarga 21 milliard so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi. Joriy yilning shu davriga qadar kompaniyaga 4 ming 899 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 3 ming 249 tasi qanoatlantirildi. Ularning aksariyati sug‘urta tovonlarini to‘lab berish bilan bog‘liq.

Shuningdek, 289 ta holatda sug‘urta tovonlari to‘lanmay qolgan. Bu to‘lovlar amalga oshirilmaydi degani emas, albatta. Sug‘urta hodisasi tan olingan hisoblanadi. To‘lanmay qolishining ob’ektiv hamda sub’ektiv sabablari bo‘lishi mumkin. Masalan, sug‘urta hodisasini tasdiqlovchi hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda to‘lovlar kechikishi amaliyotda ko‘p kuzatiladi. Ayni paytda hattoki, kompaniya mutaxassislari mijozlarga kerakli hujjatlarni to‘plashda ko‘maklashayotganini e’tirof etish lozim.

Bevosita to‘lov summalariga keladigan bo‘lsak, mijozlarga to‘lab berilgan 21 millard so‘m sug‘urta qoplamalaridan 9 milliard so‘mi majburiy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalashda jami 4,5 milliard so‘mlik sug‘urta qoplamalari amalga oshirilgan bo‘lsa, sug‘urtaning boshqa turlari bo‘yicha 8 milliard so‘mdan ortiq zararlar qoplab berildi.

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA