Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
21 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
11:31 / 2024-02-20

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 21 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja  iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq,  kunduzi 1-6 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

20-22 fevral kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA