O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 21 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
20-22 dekabr kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
O‘zA