Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
21-aprel kuni mamlakatimizning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
13:18 / 2024-04-20

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 21-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 26-31 daraja issiq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2000 metrdan baland tog‘li tumanlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

20-23-aprel kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.  

20-22-aprel kunlari respublikamizning 2000 metrdan baland tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA