Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2055 yilgacha Marsda barqaror koloniya bo‘ladi
09:38 / 2025-10-07

SpaceX asoschisi Ilon Mask 2055 yilgacha insoniyat Marsda o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan koloniya barpo etishi mumkinligini aytdi. Unga ko‘ra, buning uchun eng muhim shart — og‘ir yuk ko‘taruvchi raketalar yordamida Marsga yetkazib berish hajmini keskin oshirish.

Maskning fikricha, koloniyaga turarjoy modullari, robot yordamchilari, oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimlari va hatto raketalar yaratish uchun kerakli materiallar ham yetkazilishi zarur bo‘ladi. 

Bu vazifa uchun SpaceX yangi Starship V3 transport tizimini ishlab chiqmoqda. U orbitaga 100 tonnadan ortiq yuk chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu Falcon Heavy sig‘imidan qariyb 2,5 baravar ko‘pdir. Farqi shundaki, Starship V3 to‘liq qayta foydalanish mumkin bo‘ladi. 

Yangi raketaning balandligi 124,4 metrni tashkil etadi. SpaceX
uni kelgusi yilda Marsga birinchi uchuvchisiz missiyalarni amalga oshirish uchun sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Gq10Ui0CtTE" title="2055 yilgacha Marsda barqaror koloniya bo`ladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, 

Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA