Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2040 yilga qadar har yili qurilayotgan uy-joylar soni ikki baravarga oshiriladi
11:34 / 2025-11-22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Unga muvofiq, 2040 yilga qadar har yili qurilayotgan uy-joylar sonini ikki baravarga oshirib, 421 mingtaga olib chiqish, ipoteka krediti portfelini 10 baravardan ortiq ko‘paytirgan holda 56,7 mlrd AQSH dollariga yetkazish belgilandi. 

Quyidagilar uy-joy sohasini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi: 

a) yirik aglomeratsiyalarda uy-joy fondining o‘sishi va shahar muhitini rivojlantirishni ta’minlagan holda urbanizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash; 

b) aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash va "Yangi O‘zbekistan" massivlarini barpo etish ishlarini izchil davom ettirgan holda uy-joy fondida zamonaviy uy-joylar ulushini 2040 yilga qadar 50 foizga yetkazish; 

v) uy-joy bozoriga bank moliyasi va institutsional investorlar mablag‘larini, shu jumladan, ipoteka kreditidan foydalangan holda jalb etish;

g) ulushli kurilishga sarmoya kiritayotgan jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qilish; 

d) uy-joy qurilishi sohasini "Uy-joyning yagona hayotiy sikli" tamoyili asosida kompleks isloh qilish va uni amalga oshirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish. 

Farmonga muvofiq: 

a) O‘zbekistan Respublikasida 2040 yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari; 

b) O‘zbekiston Respublikasida 2040 yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar;

v) O‘zbekiston Respublikasida 2040 yilgacha bulgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barkdror rivojlantirishning asosiy yunalishlarini amalga oshirish buyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. 

Farmonga ko‘ra, asosiy yo‘nalishlar urbanizatsiya, uy-joy va ipoteka bozorini 2040 yilgacha rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishning asosi bo‘lib, ushbu sohada ishlab chiqiladigan barcha yangi normativ-huquqiy hujjatlar unga muvofiq bo‘lishi lozim. 

Qurib bitkazilmagan uy-joylar hamda sanoat hududlarini birinchi navbatda qurilishga jalb etishni, shuningdek, ekologik toza mahsulotlar hamda energiya tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda uy-joy massivlarining muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasini oldindan barpo etishni nazarda tutadigan kompleks qurilish tamoyili asosida uy-joylar qurilishini tashkil etish tartibi joriy etiladi. 

Kompleks qurilish tamoyili doirasida quyidagilar ta’minlanadi:

a) kompleks qurilish dasturlarini faqat ochiq va batafsil ishlab chiqilgan rejalar asosida tayyorlash; 

b) kompleks qurilish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish dasturlariga kiritish yoki boshqa loyihalarga jalb etish hamda ularning maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik; 

v) kompleks qurilish loyihalariga kiritiladigan yer uchastkalari, ko‘chmas mulk ob’ektlari va ularning huquq egalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish; 

g) loyihalarni amalga oshirishda hududlarning kelgusidagi ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga oluvchi kompleks yondashuvdan foydalanish; 

d) ko‘chmasmulk ob’ekti egasining joylashgan yer uchastkasiga ijara yoki mulk huquqiga egalik qilish bo‘yicha mutlaq huquqini kafolatlash.

O‘zA