Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2035 yilga kelib sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pi semizlikdan aziyat chekadi
17:10 / 2023-03-03

Semizlikka qarshi kurash bo‘yicha Butunjahon federatsiyasi hozirdanoq chora ko‘rilmasa 2035 yilda sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pi semirib ketishdan yoki ortiqcha vazndan aziyat chekadi, deb ogohlantirmoqda.

BBC News xabar berishicha, semirib ketish yoki ortiqcha vazndan to‘rt milliard kishi qiynaladi, ayniqsa, bolalar orasida semirib ketish tezlashadi.  

Federatsiya hisobotida keltirilishicha, 2035 yilga kelib semirib ketishga qarshi kurashga saflanayotgan mablag‘ yiliga 4 trillion AQSH dollarini tashkil etadi.  

Federatsiya prezidenti professor Luiza Baurning xulosasiga ko‘ra, mamlakatlar hozirdanoq harakatga tushmasa, kelgusida katta muammolar bilan yuzlashadi.  

Hisobotda bolalar va o‘smirlar orasida semirib ketish hollari tezlashishi alohida ta’kidlangan. Mazkur ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 2035 yilda o‘g‘il bolalarda ham, qizlar orasida  ham  ikki barobarga oshadi.  

Ma’ruzada  keltirilishicha, dunyo bo‘yicha aholisi eng tez semirayotgan 10 ta mamlakatning 9 tasi Afrika va Osiyoga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, aholi daromadi past bo‘lgan mamlakatlarda odamlar semirib ketishga kuchliroq moyil bo‘ladi, deyiladi hujjatda.  

Hisobot mualliflari semirib ketishning eng asosiy sabablari sifatida, yuqori darajada qayta ishlangan ovqatlarni iste’mol qilish, kam harakat qilish hamda oziq-ovqatlarni yetkazib berish va  marketing jarayoni yaxshi nazorat qilinmayotganini ko‘rsatishmoqda.  

Olingan ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha semirib ketish ko‘rsatkichlarining oshib borishi  global iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va jahon yalpi ichki mahsulotining  3 foizini tashkil etadi.