Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama etildi
13:34 / 2021-08-06

Joriy yilning 5 avgust kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzuridagi Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengashning 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Boston Consulting Group” (BCG) xalqaro konsalting kompaniyasi hamda O‘zsanoatqurilishbankdan vakillar ishtirok etdi.

2021 yil 30 aprel kuni Prezidentimiz raisligida hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hamda davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 9 iyunda qabul qilingan “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda respublika qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qator vazifalar belgilab berildi.

Unga ko‘ra, bugungi kunda Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Yig‘ilishda ishtirokchilar dastlab “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, O‘zsanoatqurilishbank hamda “BCG” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari tomonidan o‘rganilgan yirik korxonalardagi mavjud muammolar va ularning yechimini atroflicha muhokama etishdi.

So‘ngra 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish ssenariylari va dastlabki strategiya loyihasi bilan yaqindan tanishtirildi.

– Strategiya loyihasini ishlab chiqishda qator muhim jihatlarga e’tibor qaratildi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash raisi S.Annaklichev. – Xususan, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishda tuman va shaharlar salohiyatini ishga solish, sohadagi “drayver” korxonalarni aniqlash, korxonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi davlatlarga hamkorlikda eksport qilishni yo‘lga qo‘yish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan xususiy va xorijiy investitsiyalar hamda zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish shular jumlasidandir.

Shuningdek, qo‘shimcha qiymat zanjirlarini kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, kichik sanoat va maxsus iqtisodiy zonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari qayd etildi.

Zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda mahalliy sanoat korxonalari uchun professional kadrlar tayyorlash, bunda trening dasturlaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Bank Axborot xizmati