English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2030 yilga kelib talabalar uchun turar joylar yetarli bo‘ladimi?
15:34 / 2020-12-18

“Tashkent city«dagi ”Congress Hall" majmuasida «Toshkent yoshlar forumi-2020” doirasida o‘tkazilgan «Ijtimoiy soha-2030: ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi istiqbollari» mavzusidagi tadbirda Oliy va o‘rta ta’lim vaziri Inomjon Majidov ham ishtirok etdi va bir qator savollarga javob berdi.

– 2030 yilga kelib talabalar uchun turar joylar yetarli bo‘ladimi?  

– «Oliy ta’lim muassasalari mustaqil rivojlanish yo‘lida va bu mustaqillik hamma tomonlama, ya’ni ham akademik, ham moliyaviy. bugungi kunda talabalarning 25 foizi byudjetda, 75 foizi shartnoma asosida o‘qishmoqda, ya’ni moddiy bazani yaratish ham shunga bog‘liq bo‘ladi».

– Oliy ta’limda hijobga ruxsat berilganmi?

– Hamma Oliy o‘quv yurtlarida ichki tartib-qoidalar mavjud. Ularga amal qilinishi kerak. Bu faqat bizda emas, butun dunyoda shunday.

– Kollej texnikumlarga, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarining javoblari chiqishi bir oylab cho‘zilyapti. Bu korrupsiya uchun yetarli sabab bo‘lishi mumkin. Yangi O‘zbekiston deyapmiz, lekin bu yangi O‘zbekistonga o‘xshamayapti. 

Nega javoblar chiqishi kechikayapti?

– Texnikumlarga qayerda ortiqcha talab bo‘lsa, o‘sha yerda imtihonlar o‘tkazildi. Tanlov ko‘p bo‘lmasa, imtihonsiz qabul qilindi. Imtihon olingan joylarda kechikishga birinchi sabab, bu – oliygohlarga kira olmaganlarga ham imkon berish edi. Oliygohlarga kira olmaganlar ham texnikumlarga topshirish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu sababdan ham imtihonlar kech o‘tkazildi.  

Shuningdek, Oliy va o‘rta ta’lim vazirining ta’kidlashicha, sohani yanada rivojlantirish uchun qator rejalar qo‘yilgan, faqat ularni amalga oshirish uchun vaqt kerak bo‘ladi.