Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2030 yilda elektrlashgan temir yo‘llari ulushi 65 foizga, aviaqatnovlar soni 200 mingtaga yetkaziladi
16:37 / 2026-01-20

Ayni kunlarda keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida barcha soha qatori transport-logistika tarmog‘i borasida ham muayyan maqsadlar ko‘zda tutilgan. Respublikamizning global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirishga qaratilgan vazifalar har bir yil kesimida aniq ko‘rsatkichlar bilan belgilab berilgan.

Jumladan, 2030 yilga borib yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 250 trillion so‘mga yetkazish nazarda tutilmoqda.  

Bunda elektrlashgan temir yo‘llari ulushini 2026 yilda 53,7 foiz, 2027 yilda 55 foiz, 2028 yilda 57,3 foiz, 2029 yilda 60 foiz hamda 2030 yilda 65 foizga yetkazish rejasi qo‘yilgan. 

 

Shuningdek, 2030 yilda aviaqatnovlar sonini 200 mingtaga yetkazish, jumladan, respublika hududlari o‘rtasida 41 mingtaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Toshkent shahri bilan bog‘lanmagan hududiy aviaqatnovlar sonini esa 1 ming 560 taga yetkazish maqsadi o‘z aksini topgan.  

Ta’kidlash lozimki, transport-logistika tarmog‘ining jadal rivojlanishi iqtisodiyotimizni mustahkamlash, sohani barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, yurtimiz aholisi va mehmonlariga qulay transport va avia xizmatlarni taqdim etishga xizmat qiladi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA