Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
203 ming donadan ziyod pirotexnik vosita to‘xtatib qolindi
14:56 / 2024-12-26

Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalari kirib kelishining oldini olish, noqonuniy savdosiga chek qo‘yish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida pirotexnika vositalarini noqonuniy yo‘l bilan qo‘shni respublikalar orqali O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, uni sotish holati fosh etildi.

Yil boshidan shu kunga qadar 10 ta holatda qiymati 143 mln. so‘mga teng 203 ming 479 dona ana shunday pirotexnika vositalarining yurtimizga kirishi to‘xtatib qolindi.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor xodimlari Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi.  

Tezkor tadbir davomida oldindan tezkor kuzatuvga olingan “Neksiya-2” va “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositalari to‘xtatilib, avtotransport vositasining saloni va yukxonasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda xorijda ishlab chiqarilgan, tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, taxminiy qimati 54 mln so‘mlik, 4 turdan iborat jami 28 ming 369 dona pirotexnika mahsuloti borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Yana bir holatda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan olingan ma’lumotga asosan DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Chilonzor tumanida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishishga qarshi kurashish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan "Isizu" rusumli yuk avtotransport vositasi Chilonzor tumanidagi mahallalarning birida belgilangan tartibda kuzdan kechirilganda xorijda ishlab chiqarilgan, tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, taxminiy qiymati 37 million so‘mlik ikki turdan iborat, jami 26 ming 44 dona salyut va petardalar borligi aniqlanib, uning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Uchinchi bir holatda esa, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining bojxona boshqarmalari IIB xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida “Spark” rusumli yengil avtotransport vositasi Dang‘ara tumani hududida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 71 mln so‘mlik 3 turdan iborat jami 85 856 dona salyut va petardalar borligi aniqlandi.

–Hozir mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda,–dedi Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Alisher Gafforov.

Eng muhimi, sizu biz orziqib kutgan yangi yilni qisman bo‘lsa-da, "paqildoq"larsiz tinch va xotirjam o‘tkazadigan bo‘ldik.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri