Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2028 yili Los-Anjelesda bo‘ladigan navbatdagi olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi
12:58 / 2024-08-28

Prezidentimiz Parijdagi natijalarni chuqur tahlil qilib, ulardan zarur xulosa va saboqlar chiqargan holda 2028 yili Los-Anjelesda bo‘ladigan navbatdagi olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligini qayd etdi.

Masalan, Parij olimpiadasida 32 ta sport turi bo‘yicha 329 ta medal uchun kurash olib borildi.

Suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi, yengil atletika, eshkakli, baydarka va kanoeda suzish, velosport, o‘q otish va kamondan otish, gimnastika bo‘yicha bizda sport federatsiyalari ham, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun tegishli baza ham bor. Eng muhimi, bu borada iqtidorli sportchilar ham yetarli ekani ta’kidlandi.  

Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlari, yunon-rum kurashi, ot sporti, zamonaviy beshkurash, triatlon, qilichbozlik bo‘yicha ham hali ishga solinmagan imkoniyatlarimiz juda ko‘pligi qayd etildi.

O‘zA