Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026-yilning ilk oyida qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?
09:47 / 2026-03-03

O‘zbekistonda avtomobil sanoati yangi yilni yuqori sur’atlarda boshladi.

2026-yil yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi oyida respublikada jami 22 ming 99 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.  

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 6,5 mingtaga ko‘p ekani bilan ahamiyatli.

Ishlab chiqarilgan avtomobillar rusumlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Chevrolet Cobalt – 6 993 dona

Chevrolet Damas – 3 628 dona

Kia – 2 298 dona

Chevrolet Onix – 1 974 dona

Chevrolet Tracker – 1 900 dona

BYD – 1 352 dona

Haval – 1 135 dona

Chery – 757 dona

Maxsus yengil avtomobillar – 2 062 dona

Hamroz Bayonov,

O‘zA