Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026 yilgi mahalliy byudjet tasdiqlandi
16:38 / 2025-12-29

Sirdaryo viloyatida 2026 yilgi mahalliy byudjet hamda tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining daromad va xarajatlari prognoz ko‘rsatgichlari tasdiqlandi. Bu qaror yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 27-sessiyasida qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026 yil uchun viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 2 trln 264,3 mlrd so‘m, xarajatlari esa 2 trln 951,4 mlrd so‘m etib belgilandi. Respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar 687,1 mlrd so‘m miqdorida tasdiqlandi, shundan aksiz solig‘i hisobidan 88,1 mlrd so‘m ajratiladi.

Sessiyada tuman va shaharlar kesimida byudjet prognozlari, transfertlar taqsimoti, zaxira jamg‘armalari hajmlari hamda ayrim soliq tushumlarining mahalliy byudjetlarda qoldirilishi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tomonidan advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun to‘lovlar hamda Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga transfertlarning tegishli tarzda taqsimlanishining ta’minlanishi belgilandi.

Viloyat byudjetining zaxira jamg‘armasi hajmi 19 362,5 mln so‘mni tashkil etadigan bo‘ldi. Tuman va shaharlar byudjetlari uchun zaxira jamg‘armalari umumiy xarajatlarining kamida 1 foizi miqdorida shakllantirilishi va oldingi yil hajmidan kam bo‘lmasligi nazarda tutildi.

Qarorda, shuningdek, xarajatlarni qisqartirish, byudjet islohotlari va transfertlar taqsimoti qonunchilik va moliyaviy majburiyatlar doirasida amalga oshirilishi, soliq tushumlari turlari aniq belgilanishi, mahalliy byudjetlarga kelib tushadigan daromadlar va transfertlardan samarali foydalanish choralari ko‘rsatilgan.

Qaror 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi va mahalliy byudjetlarning samarali va barqaror moliyalashtirilishi uchun asosiy huquqiy hujjat sifatida amal qiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri