French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026 yilgi Davlat byudjeti loyihasi quyi palataga kiritildi
09:20 / 2025-11-22

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan “2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda xalq vakillari qonun loyihasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamentiga hamda Byudjet kodeksi talablariga muvofiq kiritilganligiga alohida e’tibor qaratdilar.

Qayd etilganidek, loyihada O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti, shu jumladan Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining parametrlari, shuningdek, Davlat qarzining va davlat-xususiy sheriklik loyihalarining hamda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan hajmlari belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari va xarajatlari hamda uzoq muddatli fiskal maqsadlar va ularga erishish uchun soliq va byudjet siyosatining o‘rta muddatdagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha deputatlar o‘z fikr va mulohazalarini, takliflarini bildirishdi.

Loyihada ko‘zda tutilgan soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari jamiyat rivojlanishiga, tadbirkorlik sub’ektlarining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Loyiha konsepsiyasi muhokamasi davom ettirilmoqda.

M.Komilova, O‘zA