Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026 yilgacha Toshkent metropoliteniga 104ta metro vagonlari olib kelinadi (+video)
14:39 / 2024-09-19

2023 yilda poytaxt metrosi 172 mln nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, joriy yil yakunigacha bu 209 mln nafar yo‘lovchini tashkil etishi kutilmoqda.

«Toshkent metropoliteni» daromadlari 2016 yildagi 63 mlrd so‘mdan 2023 yilda 477 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan davrga nisbatan qariyb 8 barobarga ko‘paydi. O‘rtacha ishchi xodimlar oylik ish haqi 2016 yilda 815 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda — 6,2 mln so‘m.

So‘nggi 3 yilda yangi turdagi 29ta harakat tarkiblari xarid qilinib, 2024 yilda poyezdlar soni 65taga yetkazildi. Xizmat muddatini o‘tib bo‘lgan harakat tarkibi — 21ta.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0dQeVXWUPW8" title="2026-yilgacha Toshkent metropoliteniga 104ta metro vagonlari olib kelinadi." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Joriy yil yakunidan boshlab 48ta va 2025 yil davomida yana qo‘shimcha 56 dona metro vagonlarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo‘nalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirish belgilangan.

Yangi metro vagonlari kelishiga 3 oy qolgani va yangi vagonlar kelishi bilan Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida vagonlar soni ortishi hamda buning hisobiga oraliq interval hozirgi 9-4 daqiqadan 2−3 daqiqagacha kamaytiriladi.

Madinabonu Nasriyeva, Doniyor Yoqubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA