Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026 yilga borib iqtisodiyotimiz ehtiyojlarini qondirish uchun 6 million tonnaga yaqin metall kerak bo‘ladi, – Prezident
12:42 / 2022-08-12

Xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari ayni paytda Bekobod shahrida metallurgiya sohasi vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Qayd etilganidek, o‘z vaqtida “Metkombinat” uchun 800-900 ming tonna ikkilamchi qora metall (lom)ni qayta ishlash yetarli bo‘lgan edi. Lekin, bugungi kunda iqtisodiyotimizda qora metallga bo‘lgan talab 4 million tonnani tashkil etib, uning 50 foizi import hisobidan qoplanmoqda.

Xususan, qurilishda yiliga 2,4 million tonna, muhandislik tarmoqlari uchun – 680 ming tonna, sanoatda – 970 ming tonna, shundan mashinasozlik va elektrotexnikada – 450 ming tonna metall ishlatiladi.

Kelgusi besh yilda metallga ehtiyoj mashinasozlikda – 1,4 barobarga, elektrotexnikada – 2 barobarga oshishi kutilmoqda. Shuningdek, hududlarda 7 mingdan ziyod ko‘p qavatli uylar quriladi.

–Bu – 2026 yilga borib iqtisodiyotimiz ehtiyojlarini qondirish uchun 6 million tonnaga yaqin metall kerak bo‘ladi, degani. Jumladan, 2 million tonna metall prokati, 550 ming tonna temir list, 3 million tonna metall buyumlar talab etiladi,– dedi davlatimiz rahbari. Shu bilan birga, so‘nggi besh yilda jahon bozorida metallga bo‘lgan talab oshgani bois uning narxlari 1,3 barobarga o‘sgan. Bundan tashqari, bugungi murakkab vaziyatda yetkazib berish zanjirlari uzilishi, yirik xorijiy metallurgiya korxonalari faoliyatidagi qiyinchiliklarni ham ko‘rib turibmiz. Bu holatlar qurilish va ishlab chiqarish tannarxiga, tarmoqlarimiz raqobat-bardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ham, ayni haqiqat.

Bundan faqat bitta xulosa – biz oldimizga qo‘ygan katta maqsadlarga faqat va faqat metallurgiya sanoatini jadal rivojlantirish orqali erishishimiz mumkinligi qayd etildi.

O‘zA