French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026 yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
12:01 / 2025-11-26

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan byudjetnoma loyihasida kelgusi yil uchun soliq siyosatida ko‘zda tutilgan asosiy o‘zgarishlarni e’lon qildi.

Loyihada soliq stavkalarining asosiy qismi са­қлаniб qolingan bo‘lsa-da, ayrim aksizlar oshirilishi, shakarli ichimliklar va chipslarga yangi soliqlar joriy etilishi, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir qator yengilliklar taklif qilingan.

Asosiy soliq stavkalari o‘zgarmaydi. 2026 yilda quyidagi asosiy stavkalar o‘zgarishsiz qoladi: foyda solig‘i  15 foiz, qo‘shimcha qiymat solig‘i 12 foiz, jismoniy shaxslar daromad solig‘i 12 foiz, ijtimoiy soliq 12 foiz, byudjet tashkilotlari uchun 25 foizni tashkil etadi. Aylanma soliq esa 4 foizni, yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i 1,5 foizni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi yerlari uchun stavka — yerning me’yoriy qiymatiga nisbatan 0,95 foizni tashkil etadi.  

Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan byudjetnoma loyihasida qayd etilishicha, mazkur qaror raqobat muhitini yaxshilash, soliq ma’muriyatini soddalashtirish va biznes barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Aksiz solig‘i: alkogol, tamaki, shakarli ichimliklar va chipslarga yangi tartib joriy etiladi. 2026 yilda JST talablariga muvofiq alkogol mahsulotlari bo‘yicha aksizlar bosqichma-bosqich tenglashtiriladi. 1 fevraldan mahalliy — litriga 48 000 so‘m (hozir 44 000), import — 60 000 so‘m (hozir 76 000)ni tashkil etadi. Shuningdek, kelasi yilning 1 iyuldan mahalliy va import uchun yagona stavka — 48 000 so‘m, vino va pivo uchun ham yangi stavkalar belgilangan.

Tamaki tovarlariga aksizlar 7 foizga oshiriladi va yagona tartibga keltiriladi. Ya’ni, 1000 dona sigaret – 365 000 so‘m, 1 dona sigaret – 21 500 so‘m, chilim tamakisi — 642 000 so‘m/kg, veyp suyuqligi — 2140 so‘m/ml. etib belgilanadi.

Ichimliklar tarkibiga qarab progressiv shkala joriy qilinadi.

O‘zbekistonda birinchi marta, kartoshka chipslariga — 15 000 so‘m/kg. aksiz solig‘i joriy etiladi. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asoslanadi.

2026 yildan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator yangiliklar amalga kiritiladi.

Aylanmasi 1 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan YATT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun 1 foiz aylanma solig‘i belgilanadi (hozir 4 foiz). QQS va foyda solig‘iga o‘tayotgan korxonalarga imtiyozlar, 1 yilga foyda solig‘idan ozod etish, 6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarini YeMIHning 3,5 baravarigacha chegirma berildi.

2026 yil 1 yanvardan, mol-mulk, yer, daromad, ijtimoiy, aylanma solig‘i va QQS hisobotini soliq organlari o‘zi shakllantiradi. Bir nechta hisobot topshirilmasa, bitta umumiy jazo qo‘llanadi. Eksport bo‘yicha QQS qaytarish tartibi yengillashadi. Soliq qarzi debitorlar hisobidan undirilishi mumkin bo‘ladi.

Issiqxona xo‘jaliklari — daromadning 60 foizi issiqxona faoliyatidan bo‘lsa, 1 foizi ijtimoiy soliq. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishda — 0 foiz QQS. Gips qazib oluvchi korxonalar uchun — 50 foiz stavkali soliq joriy etildi.

Shuningdek, mahalliy kengashlarga yer solig‘i va suv soliqlari bo‘yicha koeffitsiyentlarni o‘zgartirish huquqi beriladi.

2026 yil soliq siyosatidagi o‘zgarishlar aholi iste’moli va tadbirkorlik muhitiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Aksizlarning oshishi sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lsa, kichik biznes uchun yengilliklar ularning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA