English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026-yilda mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish orqali 100 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi
10:30 / 2026-03-02

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni rivojlantirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2026-yilda mahallani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor islohotlarni amalga oshirish orqali:

a) mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalari ishga tushiriladi va qo‘shimcha 100 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi; 

b) kambag‘allik va ishsizlikdan xoli mahallalar soni 3,5 mingtaga yetkaziladi; 

v) mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish ta’minlanadi; 

g) mahallalardagi muammolarni bir vaqtning o‘zida tezkor hal etishda barcha davlat organlariga mas’uliyatni yuklab, ijroni 24/7 rejimda onlayn nazorat qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. 

Farmon bilan Mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish va ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish bo‘yicha ustuvor islohotlar dasturi tasdiqlandi. 

Quyidagilar iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi: 

a) soha va tarmoqlarni texnologik o‘sish modeliga o‘tkazish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilgacha 240 milliard AQSH dollaridan oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilib, joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 167 milliard AQSH dollariga yetkaziladi; 

b) iqtisodiy o‘sish 6,6 foizga yetkaziladi, inflyatsiya darajasi 6-6,5 foizga tushiriladi, byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz darajasida saqlab qolinadi; 

v) 1 million nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlanadi va 263 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish orqali kambag‘allik darajasi 2,8 foizgacha hamda ishsizlik darajasi 4,5 foizgacha tushiriladi; 

g) iqtisodiyotga 50,4 milliard AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratiladi; 

d) xizmatlar bozori hajmini 100 milliard AQSH dollaridan oshirish choralari ko‘riladi; 

j) qurilish ishlari hajmi 11 foizga ko‘paytirlib, 30 milliard AQSH dollariga yetkaziladi va 4 milliard AQSH dollarilik 3,5 mingdan ziyod yangi xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ishga tushiriladi.

O‘zA