English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026 yil hosili uchun 200 ming tonnadan ortiq urug‘lik don jamg‘arildi
18:41 / 2025-11-12

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish, bu orqali iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

2026 yil hosili uchun 200 ming tonnadan ortiq urug‘lik don jamg‘arildi. 2025 yil paxta hosili uchun 875,6 ming gektar yer maydonlariga g‘o‘zaning 95 ta navlar yetishtirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar – sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8,4 million tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 11,2 foizga o‘sgan.

2026 yil hosili uchun 16,7 ming tonna urug‘lik “tindirilgan urug‘lik” sifatida saqlanmoqda. Kelgusi yil hosili uchun 200 ming gektar maydonga urug‘lik chigit ekish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, joriy yilda “Ye-urug‘” dasturi orqali 130 ta tumanda 2026 ta sub’ekt, ilmiy tadqiqot institutlari hamda xususiy urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan jami 81,8 ming gektar maydonlarda urug‘lik paxta yetishtirish uchun tanlab olinib, urug‘lik paxta yetishtirildi.

Shundan mahalliy navlar 65,4 ming gektar, xorijiy navlar 15 ming gektarni tashkil etmoqda.

Aprobatsiya natijalariga ko‘ra, yaroqli deb topilgan 1596 ta sub’ekt tomonidan 58,2 ming gektar maydondan 84,4 ming tonna urug‘lik paxta, shundan 73,9 ming tonna mahalliy, 10,5 ming tonna xorijiy urug‘lik paxta xom ashyosi jamg‘arildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA