Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026 yil 1 yanvardan boshlab "Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla" nominatsiyasi joriy etiladi
14:27 / 2025-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unda: 

a) fuqarolarda "soliq to‘lash burchim" degan fikrni shakllantirish, "soliq – mahalla taraqqiyoti garovi" tamoyili asosida soliq madaniyatini yanada yuksaltirish; 

b) soliqlarni to‘lashda mahalla institutining faol ishtirokini rag‘batlantirish;

v) soliq ma’murchiligining biznesni jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan hamohangligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. 

2026 yil 1 yanvardan boshlab "Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla" nominatsiyasi joriy etiladi. Bunda g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha mezonlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

a) har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’ektlari soni; 

b) har 1000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘langan soliqlar miqdori; 

v) har 1000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar soni; 

g) har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan to‘langan soliqlar miqdori; 

d) mahalla fuqarolari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining to‘langanlik darajasi. 

"Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla" nominatsiyasi g‘oliblari uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etiladi: 

a) tashabbusli byudjet doirasida ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyatini cheklash qoidasi qo‘llanmaydi; 

b) loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirishda ushbu mahallalar aholisi tomonidan loyiha qiymatining 25 foizi moliyalashtirilgan taqdirda, loyiha g‘olib deb topiladi hamda qolgan 75 foizi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi; 

v) belgilangan mezonlar asosida har yili birinchi 100 talikka kirgan eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarning har biriga Davlat byudjetidan 2 milliard so‘m miqdorida mablag‘ tegishlicha Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga ajratiladi. Bunda ajratilgan mablag‘lar tegishli fuqarolar yig‘ini kengashi qarori asosida faqat ushbu mahalla hududi infratuzilmasini (ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish va boshqa infratuzilma loyihalarini) yaxshilash uchun yo‘naltiriladi. 

2026 yil 1 yanvardan boshlab "Ochiq byudjet" axborot portalida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan soliqlar hisobidan amalga oshiriladigan byudjet xarajatlari ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi "Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar" moduli ishga tushiriladi. Bunda: 

jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda to‘langan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot; 

to‘langan soliqlar evaziga Davlat byudjetidan amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarajatlar yo‘nalishlari kesimida) doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.

O‘zA