Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2026 yil 1 yanvardan boshlab “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘quv kurslarini o‘tamasdan ham imtihonlarni topshirish huquqi beriladi
09:24 / 2025-10-27

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Transport vositalarini boshqqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3 gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalarini (individual harakatlanish vositalari bundan mustasno) boshqarish uchun milliy haydovchilik guvohnomasida “A1” kichik toifa joriy etiladi. 

2026 yil 1 yanvardan boshlab: 

a) “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarga haydovchilarni tayyorlash majburiy o‘quv dasturini o‘tamasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish huquqi beriladi. Bunda: 

talabgorlar o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qishi yoxud mustaqil tayyorlanishi mumkin bo‘ladi; 

milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlardan haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatgani haqida guvohnoma talab etilmaydi;

b) “A”, “V”, “S”, “D” toifadagi avtomototransport vositalaridan birini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar “A1” kichik toifadagi transport vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish huquqiga ega bo‘ladi; 

v) “Al” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy imtihonda 20 ta elektron (animatsion) test savollaridan kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob bergan haydovchilikka nomzodlar “nazariy imtihonni topshirgan” deb hisoblanadi va amaliy imtihonga qo‘yiladi; 

g) imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga “A1” kichik toifaga kiradigan transport vositalarini boshqarishga ruxsat berilganligi to‘g‘risida ma’lumot aks etgan milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi. 

2026 yil 1 fevraldan boshlab “A” va “V” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi. 

Bunda:

talabgorlar o‘z ixtiyoriga ko‘ra nazariy bilimlarni olish uchun o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qiydi yoxud mustaqil tayyorlanadi; 

talabgorlar majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarda to‘liq qatnashadi; 

talabgorlar majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq qatnashgandan so‘ng transport vositalarini boshqarish ko‘nikmalarini baholashning ijobiy natijalariga asosan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi; 

talabgorlarning haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturining amaliy mashg‘ulotlardagi o‘qishni tugatgani haqidagi ma’lumotnoma elektron tarzda shakllantiriladi;

“A” va “V” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi. 

2026 yil 1 apreldan boshlab: 

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan tegishli yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblanadi;

jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda (ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi) foydalanuvchi boshqa haydovchilarga taqsimlash tartibi joriy etiladi. 

2026 yil 1 martga qadar haydovchilar tomonidan sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ularga jarima ballarini hisoblashning “E-jarimaball” modulida ushbu qaror talablari asosida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan tegishli yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballarini qo‘shib hisoblash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

O‘zA