Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yilgacha 16 ta talabalar yotoqxonasi quriladi
18:07 / 2021-03-02

Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan “Hukumat soati”da ma’lum qildi.

“Hukumat soati”da vazir talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 4 yilda OTMlar soni 77 tadan 132 taga yetdi. Qabul kvotasi 2,6 barobarga, talabalar soni esa 2,3 barobarga oshdi. Lekin yotoqxonalar o‘rin soni atigi 25 foizga oshirilgan. Shuning uchun ko‘plab talabalar ijarada yashab, muammolarga duch kelmoqda.

Hozir respublikada 228 ta talabalar turar joyi mavjud, ularda 58 ming nafar talaba yashamoqda. 149 ming 400 nafar talabaning yotoqxonaga ehtiyoji bor.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri talabalar yotoqxonasi qurish uchun xususiy sektorni jalb qilish imkoniyatlari xususida gapirdi.

Vazirning qayd etishicha, talabalar yotoqxonasini saqlash xarajatlariga yiliga 600 million so‘m sarflanadi. Ammo talabalar tomonidan to‘lanadigan yillik to‘lov miqdori 290 million so‘m bo‘ladi. Tabiiyki, tadbirkor manfaatdor bo‘lmasa o‘z biznesini boshlamaydi. Bu esa yotoqxona qurishga xususiy sektorni jalb qilish imkonini bermayapti.

Nurillo NASRIEV, O‘zA