Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yilga kelib dunyo bo‘yicha avtomobil ishlab chiqarish qisqaradi
16:44 / 2022-12-13

Eng avvalo, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida  yuksalish cho‘qqisi 2017 yilga to‘g‘ri kelganini aytib o‘tish joiz. Shu yili dunyo avtomobilsozlari jami 95 million dona transport vositasini bozorga chiqargan. Shundan keyin sanoatda pasayish kuzatilmoqda. Bu avtomobil sanoatining oqsayotganini bildiradimi yoki odamlar mashina minmay qo‘ymoqdami?  Welt am Sonntag nashri Boston Consulting Group (BCG) prognozlariga tayanib ushbu savolga javob topishga urinib ko‘rgan.

Nashrning yozishicha, 2025 yilgacha dunyoda avtomobil ishlab chiqarish sezilarli ravishda qisqarar ekan.

Avvalgi prognozlaridan farqli o‘laroq, BCG ekspertlari 2025 yilga kelib avtomobil ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 88 million donagacha tushadi, demoqda, deb yozadi mazkur nashr. 

Ўзбекisтонда автомобил ishlab chiqarish ҳажми ошди. | Ўзбекisтон металлургия  va машинасозлик саноати тармоқлари ходимлари касаба уюшмаси Республика  Кенгаши

2017 yilda qayd etilgan 95 millionlik cho‘qqi endi tarix bo‘lib qoladiganga o‘xshaydi. BCG ekspertlarining hisob-kitobicha,  joriy yilda atigi 79 millionta, kelasi yilda esa 83 millionta avtomobil  ishlab chiqariladi.

"Uzoq muddatli istiqbolda biz bozor yana o‘z holiga qaytishini kutmoqdamiz. Lekin ishlab chiqaruvchilar qandayligiga qarab ishlanmalar ham bir-biridan keskin farq qiladi", - deya keltiradi gazeta BCG vakilining so‘zini.

Nashrning yozishicha, avtomobil bozorida yuzaga kelgan kuchli talab, o‘tgan choraklikda ancha kamaygan. Mutaxassislarning fikricha, 2024 yil boshida ishlab chiqarish keskin qisqaradi. Xolbuki, yaqindagina yarim o‘tkazgichlar tanqisligi sharoitida ishlab chiqaruvchilar taklif etayotgan jami avtomobillardan 2,5 million dona ko‘p avtomobilga talab shakllangan edi. 

"Hozircha avtomobil ishlab chiqaruvchilar buyurtmalar ro‘yxati to‘lgani bilan o‘zlarini xursand qilib yuribdi. Biroq yana olti-sakkiz oydan keyin Yevropada avtomobillarga bo‘lgan talab keskin pasayadi va  avtomobilsozlar uchun haqiqiy sinov boshlanadi, deydi ekspertlar.

An’anaviy ichki yonuv dvigatelli mashinalarga talab pasayishi fonida, elektromobillar sotuvi oshishi turgan gap. Chunki dunyo yashil iqtisodiyotga o‘tmoqda. Avtomobillarni elektrda yuradigan qilish yashil iqtisodiyotning muhim jihati hisoblanadi. 

Bloomberg agentligining yozishicha, 2025 yilga kelib dunyo bo‘yicha yiliga taxminan 10 million dona elektromobillar sotiladi. Keyinroq esa elektromobillar ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan avtomobillarni bozordan siqib chiqarishni boshlaydi, ya’ni  2030 yillarning yarmiga kelib  elektromobillar ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan ko‘ra ko‘p sotiladi. 

Bloomberg: К 2025 году во всем мире будут продаvaть порядка 10 млн электромобилей в год и уже к середине 2030-х годов они превзойдут по продажам ДВS-модели [инфографика]

Masalan, 2018 yilda atigi 2 million dona elektromobil sotilgan edi. Ayni paytda jami elektromobillar soni dunyo bo‘yicha 10 million donaga bormaydi. 2040  yilga kelib esa elektromobillar bozorning 57 foizini tashkil qilar ekan.

Endi ularning narxi haqida ikki og‘iz..? Tabiiyki,  hozircha elektromobillar narxi qimmat. Daromadi o‘rtacha bo‘lgan odamlarga elektromobil minish biroz qimmatlik qiladi, lekin ularning narxi 2025 yilga kelib ichki yonuv dvigatelli avtomobillar narxi bilan tenglashar ekan. Bunga akkumulyator batareyalarining arzonlashuvi sabab bo‘ladi. Elektromobillar savdosining yuksalishiga ekologik me’yorlar qat’iylashishi va barcha joylarda quvvatlash infratuzilmalarining rivojlanishi ham asosiy omillardan hisoblanadi.

Правда ли, что на электричестве ездить дешевле, чем на benzinе?

Xullas, tahlilchilar 2025 yilda 10 millionlik to‘siqdan o‘tiladi, 2030 yilga kelib esa yiliga 28 millionta elektromobil sotiladi, demoqda. 2040 yilda ularning soni 56 milliontaga yetadi. Tabiiyki, elektromobillar sotuvi qanchalik darajada faollashsa,  benzin va dizel yoqilg‘isida ishlaydigan avtomobillar sotuvi ham shunchalik qisqarib boraveradi.

Elektromobillar ko‘paysa, havo musaffoligi ta’minlanadimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, quvonishga hali biroz erta. Chunki, avtotransportlar chiqarayotgan is gazi miqdori 2030 yilgacha ortib boradi. Shundan keyin, 2040 yilga kelibgina havoga chiqarilayotgan is gazi asta-sekin pasaya boshlaydi va 2018 yilgi ko‘rsatkichga tushadi, deyishmoqda mutaxassislar.

S.Rahimov,O‘zA