English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025-yilda P2P tranzaksiyalarining 75,5 foizi 10 million so‘mdan oshmagan
11:17 / 2026-02-23

Markaziy bank 2025-yilda amalga oshirilgan P2P (bir jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga to‘g‘ridan to‘g‘ri) o‘tkazmalar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, karta orqali pul o‘tkazmalari asosan kundalik hisob-kitoblar va o‘zaro to‘lovlar uchun qo‘llanilgan. 2025-yil yakunida barcha P2P tranzaksiyalarining 75,5 foizi 10 million so‘mdan oshmagan.  

Jumladan, 1 mln. so‘mgacha 46,1 foizni, 1-5 mln. so‘m oralig‘ida 16,8 foizni, 5-10 mln. so‘m oralig‘ida 8,6 foizni tashkil etadi.  

Katta miqdordagi o‘tkazmalar nisbatan kam qayd etilgan. 50 mln. so‘mdan yuqori o‘tkazmalar umumiy operatsiyalarning 10 foizidan kamini, 200 mln. so‘mdan ortiq o‘tkazmalar esa atigi 2 foizni tashkil etgan.  

Shuningdek, 21-yanvar kuni mobil ilovalar orqali P2P o‘tkazmalar bo‘yicha yangi qoidalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, foydalanuvchi o‘z akkauntiga faqat o‘ziga yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bank hisobvarag‘i, karta yoki elektron hamyonni biriktirishi mumkin.  

Yangi tartib e’lon qilinganidan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.   

Sh.Mamaturopova, O‘zA