French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yilda Koreya Respublikasiga anor eksporti oshdi (+video)
16:37 / 2026-01-12

2025 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining xalqaro bozorda, xususan, Koreya Respublikasidagi o‘rni mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatdi.

Tahlillarga ko‘ra ushbu davlatga anor va gilos eksportida mamlakatimiz yetakchi o‘rinlarda. Ushbu davr mobaynida Janubiy Koreyaga 31.3 ming tonna uzum, 22.2 ming tonna limon, 18 ming tonna gilos, 5.5 ming tonna qovun va 1.8 ming tonna anor eksport qilindi.     

- O‘tgan yili Janubiy Koreyaga eksportda 10 barobar o‘sishga erishildi, - deydi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimi Go‘zal G‘ulomova. –  Biroq gilos eksportida o‘sish kuzatilmadi. Shuning uchun hozirdanoq importyorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Koreyaning fitosanitar xizmati bilan kelishuvlarga erishilmoqda.  

Eksport hajmini yanada oshirish mumkin. Bunda avvalo, intensiv bog‘lar maydonini kengaytirish, eksportbop navlarni ko‘paytirish, saqlash va qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirishni davom ettirish zarur. Eng muhim talablardan yana biri fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash. Shu sababli 2026 yilning meva eksporti uchun tayyorgarlik hozirdanoq boshlab yuborilgan. Janubiy Koreyadek talabchan bozorda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti hajmi oshishi meva-sabzavotlarni yetishtirish, qadoqlash, markirovkalash borasidagi talablarni yanada keng joriy etishga turtki bo‘ldi. Raqobatli muhitda O‘zbekistonning qisqa muddatda barqaror o‘rin egallashi qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasi sifatida baholanmoqda.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zGOK985FxJY" title="2025 yilda Koreya Respublikasiga anor eksporti oshdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA