Bu ko‘rsatkich mamlakatimizning yuqori texnologiyali mahsulotlarini xalqaro bozorda keng tarqatish salohiyatining oshib borayotganidan darak beradi.
Aytish kerakki, so‘nggi yillarda elektronika va elektrotexnika sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim tarmoqlardan biri sifatida izchil rivojlanib bormoqda. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarining keng joriy etilishi hamda ishlab chiqarish va eksport hajmlarining oshishi sohaning iqtisodiy barqarorlik va aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rnini yanada mustahkamlamoqda.
Xususan, 2023-2025 yillar davomida elektrotexnika va elektronika sanoati korxonalari davlat byudjetiga jami 2,8 trillion so‘m miqdorida to‘lovlarni amalga oshirdi. Shundan 2025 yil hissasi 1175,0 milliard so‘mni tashkil etdi.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, oxirgi uch yilda hududlarda ishga tushirilgan 195 ta investitsiya loyihasi doirasida 12 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu sanoatning hududiy rivojlanish va aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, 2025 yil yakuniga ko‘ra, elektronika va elektrotexnika sohasida eksport hajmi qariyb 1,5 milliard dollarni, ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 35 trillion so‘mni, investitsiyalar esa 213,1 million dollarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar sohaning mamlakat iqtisodiyotidagi strategik ahamiyatini yanada mustahkamlamoqda.
N.Ziyodullayeva, O‘zA