French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yilda davlat byudjetiga 6 milliard dollarga yaqin xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi
16:32 / 2026-01-15

Bu haqida Bojxona qo‘mitasida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda qayd etildi.

Tadbirda Bojxona qo‘mitasi raisi, general-mayor A.Mavlonov Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining mamlakatimiz Milliy armiyasini mustahkamlash, uning moddiy-texnik bazasi va qo‘shinlarning tayyorgarlik darajasini yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan islohotlarini alohida e’tirof etdi. Ushbu ishlar xalqimizda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlarning rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Bayram doirasida Vatan oldidagi burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan marhum bojxonachilar ham yodga olindi. Ularning oila a’zolariga amaliy yordam va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi.

Tadbirda ayniqsa, mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyatini va harbiy xizmatchilarning jismoniy hamda ma’naviy tayyorgarligini mustahkamlashning ahamiyati haqida so‘z bordi.  

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda davlat byudjetiga 76 trln. so‘mdan ortiq mablag‘lar kiritildi, 6 mlrd. dollarga yaqin xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi va 1,6 mlrd. dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi. Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ham samaradorlik 44 foizga oshirildi, shuningdek, 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari va qimmatli tovarlar ushlab qolindi.

Bayram munosabati bilan Prezident farmonlari asosida 2 nafar xodim yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Posboniman muqaddas yurtning” tanlovi va “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari esdalik sovg‘alar bilan mukofotlandi.

Tadbir yakunida Bojxona instituti ansambli tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA