Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yilda 10 ming 981 ta ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari ko‘rib chiqildi
17:17 / 2025-12-26

Elektr ta’minoti tizimida xavfsizlik, barqarorlik va sifat talablarini ta’minlash maqsadida iste’molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu ishlar natijasida elektr tarmoqlariga ulanishda belgilangan texnik me’yorlarga qat’iy rioya etilishi, energetika ob’ektlarining ishga tayyorligi hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutiladi.

Shu yo‘nalishda “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan 2025 yil davomida iste’molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 10 ming 981 ta ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi.

Ekspertiza natijalariga ko‘ra, 7 ming 497 ta iste’molchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashga ruxsat berildi.

Shuningdek, energetika ob’ektlariga tegishli 1 ming 786 ta ob’ektning quvvati 190,9 megavatt bo‘lgan elektr ta’minoti loyihalari kelishildi. Ushbu ob’ektlardan 471 tasi bo‘yicha umumiy quvvati 16,5 megavattni tashkil etuvchi elektr qurilmalarining ishga tayyorligi yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

Inspeksiya axborot xizmatining ma’lum qilishicha, texnik shartlarsiz elektr ta’minotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hamda elektr tarmoqlariga ulanish qat’iyan taqiqlanadi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA