Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yilda 1 600 dan ortiq korxona xalqaro standartlarga o‘tdi
18:46 / 2026-01-12

2025 yilda mamlakatimizda xalqaro standartlar masalasiga jiddiy yondashilganini ko‘rish mumkin. Texnik tartibga solish agentligi tomonidan 1 600 dan ortiq korxonani qamrab olgan reja ishlab chiqildi va amalda bajarildi.

Natijada minglab korxonalarda xalqaro menejment tizimlari joriy etildi. Qoraqalpog‘istondan tortib Toshkent shahrigacha bo‘lgan ko‘plab hududlarda rejalar to‘liq bajarildi. Ayrim joylarda esa belgilangan ko‘rsatkichlardan ham yuqori natijalar qayd etildi. Bu esa korxonalarda sifatga bo‘lgan talab kuchayganidan dalolat beradi.