Astrofizik Grem Jonsning taxminiga ko‘ra, 2025 yil yozida yer tarixidagi eng qisqa kunlar qayd etilishi kutilmoqda. Bu hodisa 9 iyul, 22 iyul yoki 5 avgust sanalarida sodir bo‘lishi mumkin.
Yer o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanishi uchun odatda 86 400 soniya (ya’ni 24 soat) kerak bo‘ladi. Biroq, turli geofizik omillar – jumladan, yadrodagi harakatlar, muzliklarning erishi yoki zilzilalar sababli bu ko‘rsatkich ozgina farq qilishi mumkin. Ba’zan yer “standart” kun uzunligidan bir necha millisekundga tezroq aylanadi. Grem Jonsning ta’kidlashicha, 2025 yilgi yozda kuzatilishi mumkin bo‘lgan bu qisqa kunlar, sayyoramizdagi tabiiy jarayonlarning murakkab o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi. Bunday hodisalar texnologik tizimlar, ayniqsa aniq vaqtga bog‘liq qurilmalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli olimlar bunday o‘zgarishlarni doimiy ravishda kuzatib borishmoqda.
Mutaxassislar bunday paytlarda yer aylanishining tezlashishi hodisasini uzil-kesil tushuntirib bera olmaydi. Ko‘pgina olimlar buni sayyora qa’rida sodir bo‘layotgan jarayonlar bilan bog‘liq deb hisoblashadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/kkiWBoeqzlU?si=Ed03sXXYVaXsg6Ia" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA