Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yil necha nafar dzyudochi terma jamoalarga jalb etildi?
18:29 / 2025-12-31

Vatanimiz sharafini xalqaro sport maydonlarida munosib himoya qiladigan sportchilarni tayyorlashda o‘tkazilayotgan ichki chempionatlarda yuqori natijalarga erishayotgan sportchilarning o‘rni beqiyos.

Xo‘sh, ortda qolayotgan 2025 yil davomida necha nafar yosh dzyudochi turli yosh toifalaridagi terma jamoalarga jalb etildi? Bu borada qaysi hududlar ustuvorlikka erishdi?

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mazkur yo‘nalishlardagi tahlillar natijasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 307 nafar sportchi kichik o‘smirlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblaridan o‘rin egalladi.

Hududlar kesimida Xorazm viloyatining 62 nafar dzyudochisi terma jamoalar tarkibidan joy egalladi. Buxoro (39), Qashqadaryo (38) va Toshkent shahri (32) ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Samarqand, Surxondaryo, Jizzax, Navoiy, Toshkent viloyatida bu borada ishlar ijobiy ko‘rinishda. Bu yil Sirdaryo viloyatida o‘sish ko‘zga tashlandi.  

Hududlarda xorijdan taklif etilgan murabbiylar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida yutuqlar ko‘zga tashlana boshladi. Xususan, Urganch va Denov dzyudo mahorat maktablari tarbiyalanuvchilari qisqa fursatda xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘ldi.

Ortda qolayotgan yildan e’tiboran yurtimizda "Uzbekistan Judo Tour" va "Judo Kids" musobaqalari yo‘lga qo‘yilishi tufayli dzyudoning ommaviyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda mahoratli sportchilar safining ortishiga xizmat qilmoqda.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA