Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekish ishlari muhokama qilindi
19:19 / 2024-09-10

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida 2025 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekish uchun tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan seminarda tuman sektorlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi xodimlari, fermerlar va nuroniylar ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerak, 2025 yil g‘alla hosili uchun tumandagi 82 fermer xo‘jaligi tomonidan 1900 gektar yer maydoniga kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish rejalashtirilgan. Shundan g‘o‘za qator orasiga 1804 gektar, 96 gektar ochiq maydonga boshoqli don ekish hamda ushbu maydonlardan 17 ming tonna hosil olish ko‘zda tutilgan.

Tumanda boshoqli don ekinlarini ekish uchun ishlab chiqilgan dasturga asosan 8 ta hududda 8 ta g‘alla ekish otryadi tashkil qilinib, har biriga mas’ullar biriktirilgan. Mavjud otryadlar uchun 164 ta g‘alla ekish moslamasi tayyor.

[gallery-19200]

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA