Hukumat matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, 2025 yil Buyuk Britaniya 20 milliard funt sterling - 27 milliard dollardan ziyod qiymatga ega mudofaa uskunasi savdosi bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Ta’kidlash joiz, bu 40 yil ichida rekord darajada yuqori ko‘rsatkich.
Bitimlar orasida, xususan, harbiy kema eksporti bo‘yicha eng yirik kelishuv va bir avlodga mansub eng kuchli qiruvchi samolyotlar savdosi alohida ahamiyat kasb etadi.
Masalan, qirollik Norvegiya dengiz flotini kamida beshta yangi 26-toifali fregat bilan ta’minlash nazarda tutilgan 10 milliard funt sterling, ya’ni 13.5 milliard dollarlik hujjat imzoladi. Shuningdek, Turkiyaga 8 milliard funt sterling - 10.8 milliard dollar qiymatdagi 20 dona “Eurofighter Typhoon” qiruvchi samolyoti, 550 million funt sterlingga teng 12 ta C-130 samolyoti yetkazib beriladi. Chexiya Respublikasi esa allaqachon Britaniyadan 18 dona “Supacat” zirhli mashinasini sotib olgan.
Hukumat 25 000 dan ko‘p ish o‘rni yaratilishini ta’minlaydigan ushbu kelishuvlar Mudofaa vazirligi so‘nggi 50 yildagi eng yirik islohot dasturini amalga oshirayotgan bir paytda amalga oshishini ta’kidladi.
S.Rahimov, O‘zA