Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yil 1 yanvardan kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy ilg‘or tajriba asosida ishlab chiqarish amaliyoti tizimi joriy etiladi
12:19 / 2024-12-30

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbiralri to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida ishlab chiqarish amaliyotining:

o‘quvchilar uchun ishlab chiqarish amaliyoti va diplom oldi amaliyoti o‘rniga yagona ishlab chiqarish amaliyoti tizimini joriy etish;

ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydigan o‘quvchilarga tegishli tashkilotlardagi malakali mutaxassislarni “ustoz” sifatida biriktirish;

o‘quvchilarning amaliyot jarayonida egallangan amaliy ko‘nikmalarini ish beruvchilar bilan birgalikda baholash tizimini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etiladi.

Qaror bilan Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdidlandi.

Nizomda:

amaliyot dasturlarini tegishli tarmoq va soha korxonalari (tashkilotlari) bilan kelishilgan holda ishlab chiqish hamda tasdiqlash;

amaliyotni tegishli tarmoq va soha korxonalarida (tashkilotlarida) tashkil etish;

kasbiy ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilarning amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalarini belgilash tartibi belgilab berilgan.

2025 yil 1 yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlarini tegishli tarmoq va soha korxonalarida (tashkilotlarida) tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga korxonalardan (tashkilotlardan) tajribali mutaxassislar “ustoz” sifatida biriktirilishi ta’minlanadi.

Korxonalardan (tashkilotlardan) biriktirilgan “ustoz”lar uchun ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Germaniya tajribasi” asosida masofaviy (onlayn) o‘quv kurslari tashkil etiladi.

O‘zA