Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yil 1 oktyabrdan boshlab hammasi o‘zgaradi
11:29 / 2025-08-01

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Tadbirkorlik sub’ektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbiorlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘ziga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash bo‘lgan, davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan (sog‘liqni saqlash, ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli yer uchastkalari bundan mustasno) mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun haq evaziga ijara huquqi asosida foydalanish tizimi amaliyotga joriy etiladi.

Qaror bilan umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan tijorat maqsadlarida mavsumiy foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Endi o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer uchastkasida norasmiy tarzda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining ro‘yxati shakllantiriladi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar (joylashgan joyi, faoliyat turi, egallangan yer maydoni) quyidagi bosqichlarda xatlovdan o‘tkaziladi:

birinchi bosqich - barcha tuman (shahar)lardagi markaziy ko‘chalarda 2025 yil 1 sentyabrga qadar;

ikkinchi boskich - qolgan ko‘chalarda 2025 yil 1 oktyabrga qadar.

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab xatlov natijasida aniqlangan ob’ektlarda mazkur qarorda belgilangan tartibda qonuniy faoliyat yuritish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, qonunga bo‘ysunishni istamagan “tadbirkor” esa hududni bo‘shatib qo‘yishiga to‘g‘ri keladi.

O‘zA