O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, 2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyada:
davlat sektorida ichki nazorat tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va mamlakatimizdagi joriy holat;
nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish va xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish va axborot-kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash;
ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
ichki nazorat tizimini tashkil etish hamda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish tartibi belgilab berilgan.
Qaror bilan Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada rivojlantirish va standartlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar, harakatlarning mantiqiy ketma- ketligi, muddatlari va amalga oshirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan 2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
O‘zA